O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,8 yoshni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2022 yilning 1 yanvar holatiga o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi:
Ayollar uchun – 75,8 yosh; Erkaklar uchun – 71,7 yosh;
Shaharda yashovchilar – 73,7 yosh; Qishloqda yashovchilar – 73,8 yosh.
Ma’lumot o‘rnida, doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 2021 yilda 73,4 yoshni tashkil etgan.