O‘zbekiston aholisi ko‘paydi
Jamiyat
−
29 yanvar 16366 1 daqiqa
2026 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 mln 236 ming 704 kishini tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 693,5 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paygan.
Hududlar kesimida doimiy aholi soni:
- Samarqand viloyati – 4 379,8 ming kishi;
- Farg‘ona viloyati – 4 223,0 ming kishi;
- Qashqadaryo viloyati – 3 717,0 ming kishi;
- Andijon viloyati – 3 521,8 ming kishi;
- Namangan viloyati – 3 190,8 ming kishi;
- Toshkent shahri – 3 178,1 ming kishi;
- Toshkent viloyati – 3 160,7 ming kishi;
- Surxondaryo viloyati – 3 011,0 ming kishi;
- Buxoro viloyati – 2 107,0 ming kishi;
- Xorazm viloyati – 2 069,2 ming kishi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 053,2 ming kishi;
- Jizzax viloyati – 1 566,9 ming kishi;
- Navoiy viloyati – 1 111,9 ming kishi;
- Sirdaryo viloyati – 946,3 ming kishi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 mln 069 ming 116 kishini tashkil etgandi.
Live
Barchasi