O‘zbekiston aholisi qanchaga yetgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni haqidagi ma’lumotlarni taqdim qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 34 million 860 ming 170 kishini tashkil etmoqda. 

Qayd etilishicha, umumiy aholining 17,7 millioni shahar joylarda istiqomat qiladi. Qishloq joylarda yashovchi aholi soni esa 17,2 million kishiga teng.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston doimiy aholisi 2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, 34 million 695 600 kishini tashkil qilgan. Qayd etish kerakki, uch oy ichida bu ko‘rsatkich qariyb 165 mingga ko‘paygan.

Ma’lumot uchun, 2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 10 million 175 ming 819 nafarni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

985

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing