O‘zbekiston aholisi 37,5 milliondan oshdi
Jamiyat
−
28 noyabr
1513Bugun, 28 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining doimiy soni 37 506 617 kishini tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xabar berdi.
Bildirilishicha, ulardan 18 843 325 nafari erkaklar va 18 580 779 nafari ayollar.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, 2030 yilga borib, O‘zbekiston aholisining soni 40 million kishiga yetishi kutilmoqda. Bu esa Markaziy Osiyo aholisining yarmi bo‘ladi. So‘nggi 30 yil ichida O‘zbekiston aholisi 15 million kishiga ortgan, bu esa barqaror demografik dinamikani ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,3 yilni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston milliy statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatda istiqomat qilayotgan aholi soni e’lon qilingandi. 2024 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, Qirg‘iziston aholi soni 7 million 254 ming kishini tashkil etgan.
LiveBarchasi