O‘zbekiston aholisi 36 million kishidan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 9 dekabr kuni O‘zbekiston aholisi 36 milliondan oshdi. Hozirda mamlakatning umumiy aholisi soni 36 million 1236 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Erkaklarning soni 18 million 76 ming 222 nafarga yetgan bo‘lsa, ayollar soni 17 million 849 ming 415 nafarni tashkil etmoqda.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, mamlakat aholisi 35 million 821 ming 29 kishi bo‘lgan. Ya’ni bir oydan ko‘proq davr mobaynida O‘zbekiston aholisi 180 207 kishiga ko‘paygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing