O‘zbekiston aholi bandligi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga qo‘shildi
Jamiyat
−
17 Sentyabr 2021 4803 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi
Qaror bilan 2021 yil 28 may kuni Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining aholisi bandligiga ko‘maklashish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr