O‘zbekiston 9 oyda xorijdan qancha go‘sht sotib olgan?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston xorijdan 21 ming 109 tonna go‘sht import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Statqo‘mga ko‘ra, go‘sht importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 ming 865 tonnaga oshgan.

2021 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p go‘sht import qilgan davlatlar: 

•  Belarus – 14 403 tonna
•  Qozog‘iston – 3 220 tonna
•  Ukraina – 2 018 tonna
•  Rossiya – 559 tonna
•  Moldova – 540 tonna

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 1,9 mln tonna go‘sht yetishtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing