O‘zbekiston 8 oy ichida birinchi marotaba oltin sotdi
Jamiyat
−
19 iyun 2021
6597O‘zbekiston 2020 yil sentyabr oyida to‘xtatgan oltin eksportini joriy yilning may oyida qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lumot berilgan.
Joriy yilning may oyida O‘zbekiston qariyb 1,2 milliard dollarga teng oltin sotdi va bu mamlakat tashqi savdo aylanmasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Shuningdek, joriy yilning dastlabki besh oyida eksport qiluvchi sub’ektlarning umumiy soni 4 468 donaga yetganligi qayd etildi. Bu o‘z navbatida, oltinsiz eksport hajmining 4,5 milliard dollarga yetishini ta’minladi.
Avvalroq, 2021 yil yanvar oyidan maygacha bo‘lgan davrda tashqi savdo aylanmasi 14,6 mlrd dollarni tashkil etgani haqida xabar bergan edik. Tashqi savdo aylanmasida eksport 5,7 milliard dollarga, import esa 8,8 milliard dollarga yetdi.
Natijada tashqi savdo balansi 3,1 milliard dollarni tashkil etgan passiv saldoni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning may oyida O‘zbekiston zaxirasidagi oltin 0,4 million troya unsiyaga (taxminan, 12,4 tonnaga) kamaygani haqida xabar berilgandi.
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi