O‘zbekiston 70 ming aholiga ega davlat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 14 may kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Dominika Hamdo‘stligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzolandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ikki davlat hukumatlari nomidan hujjat O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibragimov va Dominikaning BMTdagi doimiy vakili, elchi Lorin Bannis-Roberts tomonidan imzolangan.

Ma’lumot uchun, Dominika Hamdo‘stligi Karib dengizining sharqida joylashgan orol davlatdir. Mamlakat maydoni 751 kvadrat kilometrdan iborat. Aholi soni 70 ming kishini tashkil etadi. Dominika BMT, Britaniya Millatlar Hamdo‘stligi, Karib Hamjamiyati (CARICOM), Karib umumiy bozori  va Sharqiy Karib davlatlari tashkiloti a’zosi hisoblanadi.

Dominika Hamdo‘stligi O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 137-mamlakatga aylandi.

Eslatib o‘tamiz,  joriy yil 3 fevral kuni O‘zbekiston San-Marino bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

374

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing