O‘zbekiston 7 oyda 550 mln dollarlik meva-sabzavot eksport qildi. Asosiy xaridorlar kim?

Jamiyat

image

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar–iyul oylarida 550 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlarini xorijga eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mahsulotlarning asosiy qismi Qozog‘iston va Rossiyaga jo‘natilgan. Mamlakatning 5 oylik ko‘rsatkichlariga ko‘ra, eng ko‘p meva-sabzavot mahsulotlari quyidagi davlatlarga eksport qilingan:

•  Qozog‘iston – 447,3 ming tonna;
•  Rossiya – 253,5 ming tonna;
•  Qirg‘iziston – 93,3 ming tonna;
•  Xitoy – 56 ming tonna;
•  Afg‘oniston – 23,2 ming tonna;
•  Belarus – 16,6 ming tonna;
•  Tojikiston – 12,4 ming tonna;
•  Pokiston – 8,9 ming tonna;
•  Eron – 8,2 ming tonna;
•  Turkiya – 8 ming tonna;
•  Ukraina – 5,3 ming tonna;
•  Gruziya – 5,2 ming tonna;
•  Ozarbayjon – 4,3 ming tonna;
•  BAA – 3,3 ming tonna;
•  Germaniya – 1,7 ming tonna.

Bundan tashqari, qo‘mita joriy yilning 7 oyi davomida meva-sabzavot mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan hududlar ro‘yxatini e’lon qildi. Viloyatlar bo‘yicha Farg‘ona (165,8 ming tonna), Samarqand (106,1 ming tonna) va Toshkent viloyatlari (101,9 ming tonna) eng ko‘p meva eksport qilgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

353

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing