O‘zbekiston 5 ta davlat fuqarolari uchun 10 kunlik vizasiz rejim joriy qiladi
Jamiyat
−
09 fevral 2021
37808“O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 5 ta davlat fuqarolari uchun 10 kunlik vizasiz rejim joriy qiladi.
Prezident Farmoniga ko‘ra:
2021 yil 1 martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatga o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Bahrayn Qirolligi, Qatar Davlati, Quvayt Davlati, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilanadi.
LiveBarchasi