O‘zbekiston 2030 yildan ortiqcha elektrni Yevropaga eksport qiladi (video)
Jamiyat
−
07 avgust
5025Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab chuqur dengiz kabelini o‘tkazish bo‘yicha Qozog‘iston-O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma uch tomonlama loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, O‘zbekiston 2030 yildan boshlab ortiqcha elektr energiyasini Yevropaga eksport qila oladi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo energetika vazirlarining birinchi yig‘ilishi doirasida so‘z ochdi.
“Joriy yil oxiriga qadar qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olinadigan umumiy energiya quvvatini 4 GVt dan ortiq darajaga yetkazamiz. 2030 yilga borib bu ko‘rsatkich 20 GVt dan oshadi, shundan 2-5 GVt Yevropaga eksport qilinadi”, degan Mirzamahmudov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportning aniq hajmi elektr energiyasini uzatish tizimining quvvati va yevropalik xaridorlarning ehtiyojlariga bog‘liq bo‘ladi.
Vazirning tushuntirishicha, O‘zbekiston elektr energiyasi Qozog‘iston orqali Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimi orqali, so‘ngra Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab chuqur dengiz kabeli orqali Ozarbayjonga, u yerdan Gruziyaga, so‘ngra Qora dengizdan Ruminiya, Vengriya va Bolgariyaga yetkaziladi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasiga muvofiq, 2030 yilga borib, generatsiyaning umumiy quvvati 2,4 barobarga (44,9 GVt) oshiriladi. Shu bilan birga, qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi 40 foizga yetkaziladi va bu maqsadda umumiy quvvati 18,8 GVt (8,6 GVt – quyosh, 10,2 GVt – shamol) bo‘lgan quyosh va shamol energiyasi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.
LiveBarchasi