O‘zbekiston 11 oyda qurilish uchun qancha sarfladi?
Bu qiziq
−
26 dekabr 2022
6455O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 115 110,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich 2021 yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 105,7 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, birgina qurilish yo‘nalishi uchun 2022 yilning 11 oyida Toshkent shahri eng ko‘p – 28 236,2 mlrd so‘m sarflagan. Keyingi o‘rinni 10 429,7 mlrd so‘m bilan Toshkent viloyati egallab turibdi. Yuqori uchlikni 7 746,7 mlrd so‘m sarflagan Samarqand viloyati yakunlab bergan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida eng kam qurilish ishlariga mablag‘ ajratilgan hududlar ro‘yxati ham taqdim etildi.
Sirdaryo viloyati – 2 569,7 mlrd so‘m, Jizzax viloyati – 3 090,3 mlrd so‘m, Xorazm viloyatida – 4 220,5 mlrd so‘m miqdorida qurilish ishlari olib borilgan.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi