O‘zbekiston 1 yanvardan boshlab BRICS'ga hamkor davlat bo‘ladi

Olam

image

O‘zbekiston 2025 yil 1 yanvardan rasman BRICS’ning hamkor davlati bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

“Qozondagi sammit arafasida u yoki bu maqomda BRICS ishiga qo‘shilish uchun 35 ta ariza kelib tushdi. Ba’zi davlatlar darhol to‘liq ishtirok etishni xohlashdi, boshqalari tanlangan tadbirlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishni xohlashdi. Shubha yo‘qki, sammitning muhim natijalaridan biri BRICS bo‘yicha hamkor davlatlar toifasining belgilanishi va 13 davlat ro‘yxati bo‘yicha kelishuv bo‘ldi. Bu davlatlarga tegishli takliflar yuborildi. Bugungi kunda Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozog‘iston, Kuba, Malayziya, Tailand, Uganda va O‘zbekistondan BRICS’ning hamkor davlati bo‘lishga tayyor ekanliklari tasdiqlandi. Yaqin kelajakda taklifnomalar yuborilgan yana to‘rtta davlatdan javob kutamiz”, dedi Ushakov brifingda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “tasdiqlangan tartiblarga muvofiq” hamkor davlatlar “BRICS sammitlari va Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishlari doirasidagi alohida uchrashuvlarga taklif qilinadi”.

“Xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillar yig‘ilishlari, parlament forumlari va boshqa tadbirlarga sheriklarni jalb etishni to‘g‘ri deb bilamiz. Assotsiatsiya eshiklari hamfikrlarimiz kirishi uchun ochiqligicha qolmoqda. Ayni paytda BRICS muloqotiga yigirmadan ortiq davlat qiziqish bildirmoqda - Ozarbayjon, Bangladesh, Bahrayn, Burkina-Faso, Venesuela, Gonduras, Zimbabve, Kambodja, Kolumbiya, Kongo Respublikasi, Laos, Quvayt, Marokash, Myanma, Nikaragua, Pokiston, Falastin, Senegal, Suriya, Chad, Shri-Lanka, Ekvatorial Gvineya va Janubiy Sudan", deb tushuntirdi u.

Shu bilan birga, Ushakovning ta’kidlashicha, BRICS’ni "nazoratsiz ravishda kengaytirish" "belini sindirish" degan ma’noni anglatadi.

“Bu borada bosqichma-bosqich va muvofiqlashtirilgan, tasdiqlangan qadamlar kerak, deb hisoblaymiz", deya xulosa qildi Ushakov.

Ma’lumot uchun, BRICS birlashmasi 2006 yilda tashkil etilgan. Hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya uning a’zolaridir.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing