O‘zbekiston hududida g‘ayritabiiy hodisa kuzatildi
Bu qiziq
−
08 noyabr 2023
98447Bugun, 8 noyabr kunining birinchi yarmida O‘zbekiston hududida 1500 ga yaqin chaqmoq hodisasi kuzatildi. Bu haqda Gidrometeorologiya sohasi mutaxassisi Erkin Abdulahadov Telegram'dagi kanalida ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, Navoiy viloyati shimoli, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi ko‘plab tumanlarda mazkur hodisa o‘ta faol kuzatilgan. Bu vaqtda Toshkent viloyatidagi yog‘ingarchilik (tog‘li hududlardan tashqari) chaqmoq-momaqaldiroqsiz kechgan.
Mutaxassis taqdim etgan yuqoridagi xaritada sariq rangli belgilar so‘nggi soatlarda faollashgan chaqmoq hodisalari lokatsiyasini bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmati agentligi ertaga, 9 noyabr kuni O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqinlari kuzatilishidan ogohlantirgan edi. Shuningdek, tog‘li va tog‘oldi hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi haqida xabar bergandi.
LiveBarchasi