O‘zbekiston hech qachon bu yo‘lni tanlamaydi – Ekspert ommaviy immunitet hosil qilish haqida

Salomatlik

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya dunyo bo‘ylab taxminan ikki yil davom etishi mumkin. Mutaxassislar esa bemorlar soni ortgani sayin ommaviy immunitet hosil bo‘lishi va kasallik qayta yuqmasligi haqidagi mulohazalarni ham ilgari surmoqda. Ko‘pchilikda tezroq hamma kasal bo‘lsa, yana odatiy turmush tarziga qaytish tezlashadi, degan fikr mavjud. Xo‘sh, O‘zbekiston bu yo‘lni tanlashi mumkinmi? Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ushbu savolga quyidagicha javob berdi: 

“Koronovirusga nisbatan ommaviy immunitet shakllanishi uchun aholining 60%dan 80 %gacha qismi kasallanib, sog‘ayishi kerak.

Ko‘plab odamlarning hayotini, ayniqsa, xavf guruhiga kiruvchi: surunkali kasalliklari bor, yoshi kattalar, homiladorlar va bolalarni xavf ostiga qo‘yishimiz mumkin.

Ko‘p odamlarning kasallanishi, davolanishi va immunitet hosil qilishi uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi. Shuningdek, epidemiyaning oldini olmasak, infeksiya tarqalishi rivojlanib ketadi. Oqibatda kasallanish holatlari oshib ketadi, buning natijasida klinikalarda bemor ko‘payib, sohaga bosim ortadi, o‘lim soni ortadi.

Shuning uchun ushbu yo‘lni O‘zbekiston hech qachon tanlamaydi. Aksincha pandemiyani nazoratda ushlab turib, ko‘p vaqt davomida kamroq odamlar kasal bo‘lishiga erishishimiz mumkin.

Shu davr ichida esa vaksina masalasi ham hal bo‘lishi mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 avgust holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 24 milliondan oshdi. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Barno Abdusamatova

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing