O‘zbekiston Haj ziyoratini tashkillashtirish bo‘yicha kuchli beshtalikka kirdi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2019
4390Bu yilgi Haj mavsumida O‘zbekiston hojilarga yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha muqaddas ibodatni yuqori darajada tashkil etadigan birinchi beshtalik davlatlar ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov malumot berdi.
O‘zbekistonlik har bir ziyoratchidan olinadigan mablag‘ o‘tgan yildagiga nisbatan 5 million so‘mga arzonlashtirilgani, Madina va Makka shaharlarida ziyoratgohlarga yaqin, eng muhimi, yuqori darajada servis xizmatlari ko‘rsatiladigan mehmonxonalardan foydalanilgani ta’kidlandi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil 7200 o‘zbekistonlik Haj safarida bo‘lib qaytdi. Shundan 6 ming 970 nafari ziyoratchi, 230 nafari xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlari a’zolaridir.
Ahamiyatlisi, ziyoratga otlanganlar tomonidan jami 14326 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj, kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar otaliqqa olinib, muborak safar oldidan 9,3 mlrd so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.
LiveBarchasi