“Uzbekistan Airways” Istanbulga parvozlarni bekor qildi
Jamiyat
−
01 may 2021 8363 1 daqiqa
Turkiyada epidemiologik vaziyat og‘irlashgan bir sharoitda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Istanbulga amalga oshiriladigan reyslarini bekor qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
“Epidemiologik vaziyat yomonlashuvi hamda Turkiya hukumati tomonidan 3 xaftalik lokdaun e’lon qilinganligi sababli “Uzbekistan Airways” reyslarni bekor qiladi”, deyilgan konsulxona xabarida.
Quyidagi muntazam parvozlar bekor qilindi:
- 2021 yil 14 may kunidagi HY 273-274 Toshkent – Istanbul – Toshkent reysi;
- 2021 yil 7, 10 va 14 – may kunlaridagi Samarqand – Istanbul – Samarqand reysi;
- 2021 yil 1, 5, 8, 12, 15 – may kunlaridagi Farg‘ona – Istanbul – Farg‘ona reysi;
- 2021 yil 2, 9, 16 – may kunlaridagi Urganch – Istanbul – Urganch reysi.
Ma’lumot uchun, Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishida kunduzgi HY 271 - 272 reyslar o‘zgarishsiz bajariladi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28