“Uzbekistan Airways”ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

Jamiyat

image

“Uzbekistan Airways”AJ Boshqaruv raisi etib Shuhrat Shavkatovich Xudoyqulov  tayinlandi. Bu haqda “Uzbekistan Airways”ning Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airways” AJ yagona aksioneri – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga ko‘ra, kecha, 10 mart kuni “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi etib Shuhrat Shavkatovich Xudoyqulov tayinlandi.

Shuhrat Xudoyqulov 1984 yil 26 iyul kuni Urganch shahrida tavallud topgan. Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviatsiyasi universitetining “Aviatsiya tashuvlarini tashkil etish” mutaxassisligini tamomlagan. 

2006 yil “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK jamoasiga kelib qo‘shilgan va o‘z faoliyatini “Toshkent” xalqaro ayeroportining aviatashuvlarini tashkil etish agenti sifatida boshlagan. 2006-2019 yillar oralig‘ida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKʼda turli lavozimlarda, jumladan, aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari, milliy aviakompaniyaning sotuvlar departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan hozirgi yangi tayinlovga qadar “Uzbekistan Airways”AJda tijorat va turizm bo‘yicha Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing