Uzbekistan Airways bir nechta reyslarni boshqa aeroportlarga o‘tkazdi
Jamiyat
−
07 noyabr 2022 7029 1 daqiqa
Bugun, 7 noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways bir nechta reyslarini zahira aeroportlariga o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, HY602 Moskva – Toshkent qatnovi Navoiy aeroportiga yo‘naltirilgan. Shuningdek, HY336 Jidda – Toshkent qatnovi Samarqand aeroportiga yo‘naltirilgan. Ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar belgilangan manzilga yetib borgan.
Bundan tashqari, Farg‘ona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli rejalashtirilgan HY081 Toshkent – Farg‘ona reysi soat 06.55 dan 09.30 ga ko‘chirilgan. HY277 Farg‘ona – Istanbul reysi Farg‘ona xalqaro aeroportidan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketgan. Ushbu reyslar kechikib amalga oshiriladi.
Aviakompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘ragan.
Live
Barchasi