O‘zbekistonlik dzyudochilar IJF reytingida yuqorilashdi
Sport
−
25 Oktabr 2022 2401 1 daqiqa
BAA poytaxti Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" bahslari yakuniga yetganidan so‘ng, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) dzyudochilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
"Katta dubulg‘a" musobaqasida muvafaqqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari reytingda sezilarli darajada yuqorilashdi. Jumladan, O‘zbekiston vakilasi Diyora Keldiyorova ayollar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida 4-pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida -73 kgda Shahram Ahadov 24-o‘rinni egalladi.
Toshkentda o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Davlat Bobonov hamon -90 kgdagi sportchilar orasida yetakchilik qilmoqda. Oxirgi mundialda g‘olib bo‘lgan yana bir O‘zbekiston vakili Muzaffar To‘raboyev -100 kgda kuchli o‘nlikni yakunlab berdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik dzyudochilar Toshkentdagi Jahon chempionatida 2 ta oltin, Abu-Dabidagi "Katta dubulg‘a" musobaqasida 1 ta kumush va bronza medaliga ega chiqishgandi.
Shaxzod Shukurov
Live
Barchasi