O‘zbek-turkman chegarasidagi ikkita chegara punkti qayta ochiladi
Jamiyat
−
25 noyabr 2021
7239O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi “Xo‘jayli – Kunya-Urgench” hamda “Shovot – Dashoguz” chegara o‘tkazish punktlari faoliyatini qayta tiklamoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu ikki chegara nazorat maskani bugungi kunda xalqaro yuk tashuvlari uchun faoliyat yuritayotgan “Olot” chegara o‘tkazish punktiga qo‘shimcha ravishda ishga tushiriladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari turkmanistonlik hamkasblari bilan birgalikda 26 noyabrdan boshlab davlat chegarasi orqali ushbu ikkita o‘tkazish punkti faoliyatini tiklash ustida ish boshlaydi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur chegara o‘tkazish punktlari koronavirus pandemiyasi sabab amaliyotga joriy etilgan cheklov choralari natijasida 2020 yilda yopilgan edi.
LiveBarchasi