O‘zbek-tojik chegarasida halok bo‘lganlar shaxsi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
06 noyabr 2019
14632Tojik-o‘zbek chegarasida yuz bergan hodisa vaqtida halok bo‘lgan kuch tuzilmalari vakillari ismlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston yozmoqda.
O‘ldirilganlardan biri – chegara qo‘shinlari xizmatchisi Izzatullo Abubakr bo‘lib, u Dushanbedagi Zarafshon tumanidagi xalq orasida Mullo Abubakr sifatida tanilgan taniqli diniy arbob - Abubakr Latipovning o‘g‘li.
Izzatullo Abubakr 26 yoshda bo‘lgan. Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Izzatullo yaqinda uylangan.
Hujum vaqtida halok bo‘lgan ikkinchi shaxs – IIV xodimi Bahrom Shahzoda ekanligi ma’lum bo‘ldi. U Rudaki tumani Esanboy qishlog‘ida tuman uchastka militsioneri lavozimida faoliyat yuritgan.
Avval xabar berganimizdek, bugun, 6 noyabr kuni soat 3:23 da 20 kishilik yuziga niqob taqqan 20 nafar qurollangan jangarilar Tojikistonning “Sultonobod” chegara otryadi harbiy qismiga qarashli 4-“Ishkobod” chegara punktiga qurolli hujum uyushtirgani haqida xabar bergan edik. Qurolli to‘qnashuv natijasida ularning 15 nafari yo‘q qilingan, 5 nafari qo‘lga olingan. To‘qnashuv vaqtida Tojikiston IIV xodimi va bir askar ham halok bo‘lgan. Keyinroq, ushbu qurolli hujum ISHID terroristik guruhi jangarilari tomonidan amalga oshirilgani aytildi.
LiveBarchasi