O‘zbek-tojik chegarasi yaqiniga noma’lum shaxslar narkotik modda qoldirib ketdi 

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi o‘zbek-tojik davlat chegarasi yaqinida noma’lum shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalari qoldirib ketilgan. Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tashlab ketilgan giyohvand moddalari jami 26 kg – 20 kg 3 gr “opiy” va 6 kg 5 gr “gashish”ni tashkil etgan. 

Ushbu jinoyat Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara Qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida aniqlangan.

“Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Toshkentda yashayotgan tojikistonlikning uyidan 15 kg narkotik topilgani haqida xabar bergan edik. https://qalampir.uz/n/71446


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing