O‘zbek tili bayrami kuni belgilandi
Jamiyat
−
10 aprel 2020 12699 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qonunga muvofiq, 21 oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21 oktyabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklif Prezident tomonidan ma’qullangan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust