O‘zbek so‘mini yoqib, tamaki tutatgan xorijliklar ishi o‘rganilmoqda (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda uch nafar xorijlik (videoda xitoy tilida gapirgan) 2000 so‘mlik O‘zbekiston banknotasini yoqib, tamaki tutatgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu videoni “Kichik Se” nomli akkaunt egasi WeChat’dagi sahifasiga joylashtirgan. Holat bo‘yicha Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining matbuot kotibi Bobur To‘laganov rasmiy izoh berdi.  

Uning bildirishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda, surishtiruvlar yakuni bo‘yicha qonun ustuvorligi ta’minlanadi, deyiladi izohda. 

Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida mazkur shaxslar Toshkent viloyatidagi korxonaning xitoylik ishchilari ekani haqida xabarlar tarqalmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy valyutasida davlat gerbi ramzi aks etgan. Bu harakat O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Jinoyat kodeksining 215-moddasiga ko‘ra (davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish) O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i, davlat gerbi yoxud davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tamaki so'm yoqib xitoy 2000

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing