O‘zbek sportining oxirgi 30 yillikdagi eng yaxshilari mukofotlandi

Sport

image

Bugun, 6 may “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashkil etilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, mamlakat Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va ko‘plab xalqaro sport tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi. 

Tadbir avvalida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston MOQ va Olimpiya harakati a’zolariga yo‘llagan tabrigi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘qib eshittirildi. 

Marosimda 30 yil mobaynida o‘zbek sportini jahonga tanitishda qo‘shgan hissasi uchun federatsiya va assotsiatsiyalar, sportchilar quyidagi nominatsiyalarda taqdirlandi: 

“Olimpiadalarda eng ko‘p medal keltirgan federatsiya” – O‘zbekiston boks federatsiyasi 

“Olimpiya rekordchilarini tarbiyalagan federatsiya” – O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

10 yilliklar kesimida O‘zbekistonning eng yaxshi sportchisi: 

G‘oliblar: 

1. Mirjalol Qosimov (1991-2001)

2. Abdullo Tangriyev (2001-2011)

3. Oksana Chusovitina (2011-2021)

“Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p medalga ega chiqqan sportchi” – Rishod Sobirov

“30 yillikning eng sovrindor murabbiyi” – Marat Qurbonov

“30 yillikda uzluksiz medallarni qo‘lga kiritgan assotsiatsiya” – O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi

“O‘zbek sportini dunyoga targ‘ib qilishdagi xizmatlari uchun” – Ravshan Ermatov

“30 yillikning Eng shonli terma jamoasi” – futbol bo‘yicha 1994 yilgi O‘zbekiston milliy terma jamoasi

“Yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi birinchi medal” – Armen Bagdasarov

“O‘zbekistonning eng yosh Olimpiya o‘yinlari chempioni” – Ulug‘bek Rashitov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

302

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing