O‘zbek musiqa san’ati og‘ir judolikka uchradi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xorazmlik xonanda Rahmatjon Qurbonov 62 yoshida vafot etdi. Bu haqda "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xabar berdi.

Rahmatjon Qurbonov 1959 yilda Xiva shahrida san’atkor oilasida tavallud topgan. Otasidan o‘zbek cholg‘u asboblarini chalish va mumtoz qo‘shiqlarni ijro etish uslublarini o‘rgangan.

Ijodkorning fidoyi mehnatlari munosib taqdirlanib “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvonlari xamda “Mehnat shuhrati” ordeniga sazovor bo‘lgan.

Uzoq yillar Toshkent shahrida samarali faoliyat yuritdi. «Lazgi» ansambliga rahbarlik qildi. Bir necha risolalar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar muallifi. R.Qurbonov bugungi kunda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi direktori vazifasida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yil oxirlarida Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov tavalludining 60 yilligi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyat bo‘limining “Eslasharlar bir kun kelib bizlarni ham” deb nomlangan hisobot konserti bo‘lib o‘tgan.

QALAMPIR.UZ jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rahmatjon Qurbonov

Baholaganlar

2672

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar