O‘zbek ko‘rpachasini mashhur moda uyi “uxlatdi”
Jamiyat
−
26 noyabr 2022
40315Dunyodagi eng yirik moda uylaridan biri “Balenciaga” o‘zbek ko‘rpachisini eslatuvchi divan sotishni boshladi. Ko‘rpachali divan mashhur gollandiyalik rassom Teio Remy bilan birgalikda ishlab chiqilgan.
Divanning asosi gilamchalar va ishlatilmagan matolarning ko‘p qatlamlaridan iborat bo‘lib, brend allaqachon uning uch o‘lchamli namunasini taqdim etdi. Shu bilan birga, yangi mahsulotlarning narxi hajmiga qarab 18 ming AQSH dollaridan 46 ming dollargacha bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, “Balenciaga” modalar uyiga dizayner Kristobal Balensiaga tomonidan 1919 yilda Ispaniyaning San-Sebastyan shahrida asos solingan. Hozirda ushbu brend Parijda joylashgan.
LiveBarchasi