O‘zbek kino san’ati og‘ir judolikka uchradi
Madaniyat-san’at
−
23 dekabr 2019 21838 1 daqiqa
Ko‘plab rollari bilan O‘zbekiston xalqi qalbidan joy olgan aktyor Yahyo Fayzullayev olamdan o‘tdi. Bu haqda "O‘zbekkino" milliy agentligi xabar berdi.
Fayzullayev Yahyo Abdullayevich "Gumrohlar" (2014), "Afsonaviy qiz" (1980), "Shaytanat" ( 1988), XX asr qaroqchilari “ (1979), “Ali bobo va qirq qaroqchi” (1979), “Xorazm afsonasi” (1978), “Shum bola” ( 1977) kabi ko‘plab filmlarda rol ijro etgan.
QALAMPIR.UZ tahririyati jamoasi hamda O‘zbekiston kinoarboblari uyushmasi marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.
Live
Barchasi