O‘zbek kino san’ati og‘ir judolikka uchradi

Madaniyat-san’at

image

Aktyor va rejissyor Abror Bakirov vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘zbek kino va teatr san’atida o‘z o‘rniga ega Bakirovlar sulolasi vakili Abror Bakirov 58 yoshida olamdan o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Abror Bakirov 1965 yil 26 aprel kuni Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U “Afyun girdobi”, “Qandahorda toblanganlar”, “Bir qadam o‘ngga, bir qadam chapga”, “Oltin devor”, “Ivanov va Rabinovich” kabi filmlarda ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing