O‘zbek-xitoy vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash qayta yo‘lga qo‘yildi
Jamiyat
−
11 avgust 2021
4570Bugun, 11 avgustdan boshlab O‘zbekistonda aholini o‘zbek-xitoy vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozasi bilan emlash qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etish kerakki, joriy yilning 9 avgustidan boshlab aholini o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan faqat bir dozada emlashga qaror qilingandi.
O‘z navbatida, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovning aytishicha, ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasini olganlarning 50 foizi ikkinchi dozani olishga, 70 foizi uchinchi vaksinani olishga kelmagan.
“Shuning uchun aholining ko‘proq qismini qamrab olish maqsadida olib kelingan vaksinalarning barchasi bir hafta davomida birinchi dozasi bilan emlash uchun ishlatiladi”, deya tushuntirish bergandi Nurmat Otabekov.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning mart oyidan boshlab O‘zbekistonga Xitoydan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi olib kelina boshlandi. Shundan beri deyarli har oy O‘zbekistonga 1 million dozadan o‘zbek-xitoy vaksinasi keltirilmoqda.
LiveBarchasi