O‘zbek-qozoq chegarasini demarkatsiyalash bo‘yicha qonun ratifikatsiya qilinishi kutilyapti
Jamiyat
−
23 iyun 2023
5393Bugun, 23 iyun kuni Oliy Majlis Senatining qirq ikkinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risi”dagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ma’qullandi.
Muhokama chog‘ida senatorlar O‘zbekiston va Qozog‘iston eng yaqin qo‘shnilar va vaqt sinovidan o‘tgan strategik sheriklar ekanini aytgan.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan uning 2022 yil 21 dekabr kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangani bilan alohida ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlangan.
Shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi Davlat chegarasining demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi 2356 kilometrdan ortiqni tashkil qilgan.
Shartnoma bilan O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini belgilash bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlandi hamda chegara xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash uchun eng muhim shart-sharoitlar ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 mart kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi.
LiveBarchasi