O‘zbek-qozoq chegarasida jinoiy guruh qo‘lga olindi
3-sahifa
−
30 noyabr 2022
23976Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston bilan chegaradosh Turkiston viloyatining Qozigurt bojxona postida kontrabanda va noqonuniy migratsiyani tashkil qilish bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda Polisia.kz xabar berdi.
Gumonlanuvchilar bojxona postidagi korrupsiya aloqalaridan foydalanib, “vositachilik xizmati” ko‘rsatish niqobi ostida soxta hujjatlarni qo‘llagan holda tovarlarni noqonuniy olib kirishni tizimli ravishda amalga oshirib kelgan.
Bitta yuk mashinasining to‘siqsiz kirishi va chiqishi uchun tashilayotgan yukka qarab 200 ming tengegacha to‘lov undirilgan. Bu esa o‘z o‘rnida tovarlar narxining oshishiga ta’sir qilgan. Bojxona postidan kuniga 150 tagacha transport vositasi o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, jinoyatchilar qo‘shni davlat fuqarolarining davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishlari uchun jinoiy himoyani ta’minlagan. Tezkor xodimlar butun jinoiy sxemani aniqlab, hujjatlashtirdi.
Shu bilan birga, tintuv o‘tkazilib, katta miqdordagi pul, o‘qotar qurol va sovuq qurol, “qora kassa” yozuvlari, chet el fuqarolarining pasportlari, maxsus texnika vositalari olib qo‘yilgan.
Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Aybdorlarga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal qilinmoqda.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi