O‘zbek-qirg‘iz chegarasidan kontrabanda uchun foydalanilgan tonnel topildi

Olam

image

Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasida yana bir yashirin tonnel aniqlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar bergan

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 iyun kuni maxsus xizmat xodimlari va chegarachilar O‘sh viloyati Qora-Suv shaharchasidagi uydan tonnel topishgan. Tonnelga kirish qismi axlat bo‘lgan. 

Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, uy egasi M.I.M. 2014 yilda Rustam ismli O‘zbekiston fuqarosi bilan uchrashgan. 2021 yil sentyabrda esa ular Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘laydigan tonnel qazishgan. Tonneldan ular tovarlar va pul o‘tkazmasida foydalanishgan.

Qo‘lga olingan Qirg‘iziston fuqarosi aybini tan olgan va tergov bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan. 

Aytish joizki, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘laydigan tonnel birinchi marotaba topilayotgani yo‘q. Bundan avval ham Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida mamlakatni O‘zbekiston bilan bog‘lovchi ikkita maxfiy tonnel aniqlangandi.

Birinchi tonnel O‘sh viloyati Qora-Suv tumani Telman qishlog‘ida topilgan bo‘lib, chuqurligi 15 metr, kirish qismi 1,8 metr, eni 1,5 metr, kirish joyidan chegara chizig‘igacha 40 metr, kirishdan chiqish qismigacha 270 metrni tashkil etadi.

Ikkinchisi esa O‘sh viloyatining Qora-Suv shahridagi turar-joy qo‘shimcha binosining beton qoplamasi ostidan topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

366

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing