O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi post vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
09 avgust 2022
12888O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida joylashgan “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalari xarakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Respublikasining “Dostuk” chegara o‘tkazish punktida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
“Shu sababli, 10 avgust kuni soat 08:00 dan 12:00 ga qadar “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalari xarakati vaqtincha to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda o‘zbek-qirg‘iz chegarasida qo‘shimcha 3-4 ta o‘tkazish punkti ochilishi rejalashtirilmoqda.
LiveBarchasi