O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlari ochiladi
Jamiyat
−
01 Sentabr 2020
9752O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi navbatdagi qarorni qabul qildi.
Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 sentyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish bo‘yicha cheklovlar sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda bekor qilinadi va quyidagi tartib joriy etilmoqda:
• oxirgi 14 kun Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib turgan yoki so‘ngi 72 soat davomidagi koronavirus infeksiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnomasi mavjud bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi;
• Qirg‘iziston Respublikasiga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan so‘ng karantin nazoratiga olinmaydi;
• mazkur bandning 3 va 4 xatboshisida belgilangan holatlardan tashqari barcha vaziyatlarda O‘zbekiston Respublikasiga kirib keluvchi shaxslar o‘rnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi.
Avvalroq, 1 sentyabrdan O‘zbekiston fuqarolari Qirg‘izistonga borishi mumkin bo‘lishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi