O‘zbek-qirg‘iz chegarasida o‘q uzildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘izistonning “Ala-Buka” chegara otryadi chegarachilari kontrabandachilar bilan to‘qnashuvda qurol ishlatdi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Aqsi rayonining Taza-Suv hududida harbiy xizmatchilar mayda shoxli hayvonlar podasini O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan bir guruh shaxslarni – 50 ga yaqin Qirg‘iziston fuqarosini aniqlagan. Bu vaqtda chegaraning narigi tomonida kontrabandachilarning sheriklari kutib turishgan.

“Qonunbuzarlar chegarachilarning qoramollarni olib o‘tishni to‘xtatish to‘g‘risidagi talablarini e’tiborsiz qoldirgan. Chegaradan qo‘ylarni noqonuniy haydab o‘tishning oldini olish va mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida harbiy xizmatchilar qurol ishlatib, havoga uch marta ogohlantiruvchi o‘q uzgan. 

Keyinroq o‘sha hududda chegarachilar Hyundai avtomobiliga 16 bosh qo‘yni O‘zbekistonga olib o‘tish uchun ortib ketayotgan qirg‘izistonlikni qo‘lga oldi”, deyiladi Chegara xizmati xabarida.

Departament ayni vaqtda Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining mazkur uchastkasida vaziyat barqaror ekanligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2527

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing