O‘zbek-qirg‘iz chegarasida nima bo‘ldi? O‘q uzgan kim?
Jamiyat
−
07 yanvar 2020
15773O‘zbek-qirg‘iz chegarasining belgilanmagan qismida Qirg‘iziston fuqarolari va O‘zbekiston chegarachilari orasida mojaro sodir bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegara xizmati xabariga asoslanib Sputnik xabar bermoqda.
“Qirg‘iziston fuqarolari yo‘qolgan mollarini qidirib, bilmagan holda,chegaraning bahsli qismini kesib o‘tishgan. U yerda ular O‘zbekiston chegarachilarini uchratib qolishgan. Og‘zaki kelishmovchilik keyinchalik mushtlashuvga aylangan.
To‘qnashuvni to‘xtatish uchun o‘zbekistonlik harbiylar osmonga qarata bir necha bor o‘q uzgan. Jarohatlanganlar yo‘q”, deyilgan xabarda.
Ushbu voqeadan so‘ng Qirg‘izistonning Ala-Buka tumani chegara otryadi hamda O‘zbekistonning Pungan yo‘nalishi chegarachilari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda kelajakda ana shunday to‘qnashuvlarning oldini olish maqsadida mahalliy aholi orasida tushuntiruv ishlari olib borish masalalari muhokama qilingan.
Ayni damda chegarada vaziyat barqaror.
LiveBarchasi