O‘zbek ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi a’zosi Baxtiyor Nazarov 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 18 yanvar kuni akademik, o‘zbek adabiyotshunosligidagi yirik olim Baxtiyor Aminovich Nazarov 77 yoshida vafot etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Baxtiyor Nazarov O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib (1969-72; 1979-83), direktor (1986—90), bo‘lim mudiri (1996 yildan), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bosh ilmiy kotibi o‘rinbosari (1973— 79), vitse-prezident vazifasini bajaruvchi (1999—2000), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi (1990—92), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (1992—94), “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalining bosh muharriri (1986-94) bo‘lib ishlagan.

U 2000 yilda Fanlar akademiyasi akademigi etib saylangan.

Baxtiyor Nazarovning ilmiy ishlari XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti, xususan, tanqidchilik va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqa masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotlarida Fitrat, Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov mahorati o‘rganilgan. Oybekning 20 jildli Mukammal asarlar to‘plamini nashrga tayyorlashda katnashgan.

Shuningdek, u yangi tipdagi darsliklar (o‘rta maktabning 9, 11-sinflari uchun “O‘zbek adabiyoti”, oliy maktab uchun “XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi”)ning mualliflaridan biri.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

533

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing