O‘zbek ilm-fani og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
29 yanvar 2022
38146O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Hamza nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, filologiya fanlari doktori, professor, katta adabiyotshunos olim, Umarali Normatov 91 yoshda vafot etdi.
Umarali Normatov 1931 yil 3 yanvarda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan. 1957 yil Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan.
ToshDU (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetining o‘zbek adabiyoti kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri, 2001 yildan kafedra professori bo‘lib ishlagan.
Ilmiy faoliyatida realizm masalalari, XX asr o‘zbek adabiyoti, adabiy jarayon hamda adabiy tanqidchiligining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, Abdulla Qodiriy, Shukur Xolmirzayev, Pirimqul Qodirov, O‘tkir Hoshimov kabi ijodkorlarning asarlari bilan bog‘liq masalalar muhim o‘rin egallaydi.
Olim “Nasrimiz ufqlari” (1978), “Qalb inqilobi” (1986), “Qodiriy bog‘i” (1996), “Umumbaxsh tamoyillar” (2000), “Qahhorni anglash mashaqqati” (2000) kabi kitoblar muallifidir.
LiveBarchasi