O‘zbek gimnastikachi qizlari Osiyoda tengsiz

Sport

image

Taylandning Pattayya shahrida o‘tkazilayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. E’tiborlisi, musobaqaning bugungi kunida ham O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. 

MOQ Matbuot xizmatining xabar berishicha, kunning birinchi qismida to‘p bilan mashq qilish bo‘yicha 5 kishilik guruh bahsida terma jamoa qizlari oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.

Xalqada mashq qilish bo‘yicha yakkalik chiqishda o‘z omadini sinab ko‘rgan Yekaterina Fetisova esa bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, o‘smirlar o‘rtasida to‘pda mashq bajarish bo‘yicha Yosmina Rahimova Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shu yosh toifasida arg‘amchidagi mashq bo‘yicha kechgan bellashuvda Taxmina Ikromova shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Shu tariqa o‘zbekistonliklarning musobaqada qo‘lga kiritgan medallari 3 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronzani tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich bilan o‘zbek gimnastikachilari, shubhasiz, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda turishibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati Badiiy gimnastika Tayland

Baholaganlar

44

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing