O‘zbek bokschisi Rossiyada kamarini himoya qiladi
Sport
−
03 Sentabr 2019
4584Shu yilning 7 sentyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida navbatdagi professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, oqshomning markaziy jangida o‘zbekistonlik Ravshanbek Umurzoqov o‘ziga tegishli WBA Asia chempionlik kamarini himoya qiladi. Ravshanbekning raqibi filippinlik Roldan Aldi bo‘ladi. Ushbu chempionlik jangi 10 raunddan iborat bo‘ladi.
Umurzoqov professional ringda 9 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Yettita jangda raqiblarini muddatidan avval nokautga uchratgan.
25 yoshli Roldan esa 22 ta jang o‘tkazgan. Hisobida 14 ta g‘alaba, 7 ta mag‘lubiyat va bitta durang bor. Sakkizta jangda nokaut evaziga zafar quchgan. Uchta jangda esa o‘zi nokautga uchragan.
Yekaterinburgdagi boks oqshomida yana bir o‘zbekistonlik bokschi ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Sardor Muzaffarov rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi ringga chiqadi. Magomed 4 ta jang g‘alabaga erishgan, uchtasi nokaut bilan. Sardor esa 3 ta jangda zafar quchib, ikkitasida yutqazgan.
LiveBarchasi