O‘zbek ayollari kimdan norozi? Eridanmi yoki mansabdor shaxslardan?

Jamiyat

image

Jamiyatda xotin-qizlar ba’zan oilada, ba’zan mehnat jamoasida yoki ko‘cha-ko‘yda turli tazyiqqa, qo‘pol munosabat, haqorat, kamsitilish, hatto jismoniy zo‘rovonlikka duch kelishi mumkin. Lekin bunday holatlar ko‘p hollarda oshkor bo‘lmay qolib ketadi.

Aynan shunday holatlarga barham berish, mushkul ahvolga tushgan xotin-qizlarga yordam qo‘lini cho‘zish, ularning qalb jarohatlariga malham bo‘lish uchun joylarda reabilitatsiya va moslashtirish markazlari tashkil etilmoqda.

Zo‘rovonlikka uchragan, og‘ir vaziyatga tushib qolgan, inqiroz holatidagi xotin-qizlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatish maqsadida 2018 yilning 1 sentyabrida “1146 - ishonch raqami” ishga tushirilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yarim yil davomida ushbu ishonch raqamiga turli muammolar bilan 15 mingdan ziyod murojaatlar bo‘lgan. 

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ishonch raqamiga tushayotgan murojatlarning eng ko‘pi uy-joy, oilada o‘zaro kelishmovchilik, sud qaroridan norozilik, aliment undirish va mahalladan moddiy yordam olish bilan bog‘liq.

Aniqlanishicha, aksariyat xotin-qizlar mansabdor shaxslar ustidan shikoyat qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Xotin-qizlar qo'mitasi

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing