Xotin-qizlar qo‘mitasi O‘zbekistonda “Otalar kuni”ni nishonlashni taklif qilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi mamlakatda “Otalar kuni”ni nishonlashni taklif qilmoqda. Bu haqda qo‘mita saytda e’lon qilingan maqolada so‘z boradi. Qo‘mitaning qayd etishicha, bugun globalizatsiya buhronlari ichida ota degan ulug‘ maqom ham zaha topmoqda. 

“Bizga balki “Otalar kuni” kerakdir. Chunki belgili sanalar odamga insonni qadrlashni o‘rgatadi, butun xalqning ongi va ruhiyatiga belgili kunga amal qilishni, shu sanani ma’rifiy odat tarziga aylantirishni singdiradi.

Tasavvur qilaylikki, bugun butun dunyoda “Otalar kuni” deb e’lon qilingan. Otasi hayotlarimiz erta tongdan boraylik otalarimiz huzuriga, “Otajon, bu dunyoda borligingiz, duolaringiz menga kuch beradi. Baxtimga sog‘ bo‘ling, qiblagohim”, deylik.

Otasi bu yorug‘ dunyoni tark etib ketganlar esa “Otajon, men sizning yorug‘ izingizman, siz menda davom etayapsiz, ruhingizga duodaman” deb duoyi xayrlar jo‘natsin jannatlarga!

Bu bizning OTA degan ulug‘vor maqomning zalvorini, mas’uliyatini, farzandlarning ota zotiga bo‘lgan ehtiromini, otalarning oiladagi o‘rnini yuksak tutishni eslatish ma’nosidagi bir taklifimiz! Va albatta bu taklif katta ijtimoiy muammolardan ham tug‘ilgani bor gap”, deyiladi qo‘mita xabarida. 

O‘zbekistonda bugungacha 8 mart – xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida keng nishonlanib kelingan. Mamlakatda ko‘p yillarda buyon erkaklarning oiladagi rolini oshirish, erkaklar maoshini bozor talablariga mos ravishda belgilash dolzarb masala bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xotin-qizlar qo'mitasi Otalar kuni

Baholaganlar

114

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing