O‘zbek – Afg‘on temir yo‘llari o‘rtasida yuklarni tashuvi tiklandi
Jamiyat
−
10 fevral 2023
4579O‘zbek – Afg‘on temir yo‘llari o‘rtasida yuklarni tashuvi tiklandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8-10 fevral kunlari Termiz shahrida Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi rahbari Bayturraxmon Sharofat boshchiligidagi afg‘on delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazilgan.
Uchrashuv natijasida Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va “Sogdiana trans” SHK o‘rtasida “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yo‘lini ekspluatatsiya qilishni kelgusida davom ettirish bo‘yicha, yangi shartnoma imzolashga kelishilgan.
Shu bilan birga tomonlarning kelishuviga ko‘ra, Afg‘oniston tomoniga yo‘naltirilgan vagonlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Sogdiana trans” SHK tomonidan Xayraton stansiyasiga yetkazib berish joriy yilning 10 fevralidan qayta tiklangan.
Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha bayonnoma imzolangan.
LiveBarchasi