O‘zbek adabiyoti og‘ir judolikka uchradi
3-sahifa
−
18 dekabr 2022 26551 1 daqiqa
O‘zbekiston yozuvchisi Sobir O‘nar vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi ma’lum qildi.
Bugun, 18 dekabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Sobir O‘nar 58 yoshida vafot etdi. Yozuvchining vafotiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmagan.
“O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi adibning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi”, deyiladi xabarda.
Sobir O‘nar 1964 yilning 25 fevralida Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi “Quvkalla” qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
1986 yildan boshlab “Yoshlik” jurnalida adabiy xodim sifatida faoliyatini boshlab, bosh muharrir darajasiga ko‘tarilgan.
Sobir O‘nar asarlari respublika nashriyotlarida 1984 yildan buyon chop etila boshlangan. U “Orzular bilan burkangan qishloq” (1989), “Uzoq dalalar ortida” (1990), “Chambilbelning oydalasi” (2006), “Bibisora” (2011) kitoblar muallifi. Qoraqalpoq adibi X.Tojimurodovning “Ov hangomalari” hamda turk yozuvchisi Bakir Yulduzning “Karbalo fojiasi” qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr