O‘zbek adabiyoti katta yo‘qotishga uchradi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 17 aprel kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Murod Xidir 1939 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Olaqo‘yliq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1962 yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. U “Qashqadaryo haqiqati” va “Kelajak tongi” gazetalaridagi publitsistik maqolalari bilan elga tanilgan. “Guliston”, “Sharq yulduzi” va “San’at” jurnallarida ham faoliyat yuritgan. “Sirli olam” jurnali, “Qalb ko‘zgusi” va “Sohibqiron yulduzi” gazetalarida bosh muharrirlik vazifasini bajargan. Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida turli lavozimlarda ishlagan.

Murod Xidir “Qirg‘oqlar”, “Amu sohillar bo‘ylab”, “Ko‘zacha va bo‘tacha”, “Toshko‘l”, “Kiyikcha va bo‘ynoq”, “Harf o‘yini” kabi kitoblar muallifi sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Murod Xidir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar