Rasman: “O‘zavtosanoat” raisi Shavkat Umurzoqov Toshkent shahriga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
23 mart 2023
19677Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
U bunga qadar, “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shavkat Umurzoqov 1979 yilda tug‘ilgan. 2011 yilning iyun oyidan 2013 yilning sentabrigacha Toshkent viloyati prokuraturasida uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. 2013-2018-yillarda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish departamentini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan olganini e’lon qildi. Uning ma’lum qilishicha, Ortiqxo‘jayev ogohlantirishlarga qaramay qishga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagan.
16 yanvardan boshlab, Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rniga Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
LiveBarchasi