“UzAvto Motors” avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Jamiyat

image

“UzAvto Motors” zavodi profilaktika ishlari tufayli avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.

Ish rejasiga muvofiq, 2019 yil 26 avgustdan boshlab “UzAvto Motors” AJ zavodlarida yillik rejali profilaktika ishlari boshlanadi.

Ushbu chora-tadbirlar doirasida korxonalarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash doirasida rejali tekshirish, asosiy va yordamchi texnologik uskunalar va butlovchi qismlar, kommunal va rejali ta’mirlash ishlari olib boriladi.

“Tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha barcha shartnoma majburiyatlari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’kidlaymiz. Rejalashtirilgan profilaktika ishlari oldindan tuzilgan transport vositalarini yetkazib berish jadvaliga ta’sir qilmaydi”, deyiladi kompaniya xabarida.

Avtomobil ishlab chiqarish 2019 yil 23 sentyabrdan boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

UzAvto Motors

Baholaganlar

227

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar